Asosiy qismga o‘tish
← Yo‘nalishlar

Yo‘nalishlar

Kreativ va kontent.

Kontent chiroyli bo‘lishi shart emas. U diqqatni tortishi va keyingi qadamga olib borishi kerak.

Tizimdagi o‘rni
03 Kreativ va kontent

Qanday ishlaymiz

01

Kontent tizimi

Oylik reja tasodifiy mavzulardan emas, mijozning savollari va e’tirozlaridan tuziladi. Har bir rubrika qaysi bosqich uchun ishlashini bilamiz.

02

Suratga olish

Reels, mahsulot va jarayon videolari, intervyu formatlari. Ssenariy, rejissura, montaj — hammasi bizda. Mahsulot rasmlarida ranglar o‘zgartirilmaydi: mijoz ko‘rgan narsa haqiqiysidan farq qilmasligi kerak.

03

Reklama kreativlari

Reklama uchun alohida kreativlar tayyorlanadi va ular sinovdan o‘tkaziladi. Ishlagani qoladi, ishlamagani almashtiriladi — bu to‘xtamaydigan jarayon.

Nima olasiz

  • +Kontent strategiyasi va rubrikalar
  • +Oylik kontent-reja
  • +Suratga olish va montaj
  • +Reels va tijoriy videolar
  • +Reklama kreativlari va sinov natijalari

Biznesingizni birga tahlil qilamiz.

Marketing va sotuv tizimingizni ko‘rib chiqamiz, o‘sishga to‘sqinlik qilayotgan nuqtalarni aniqlaymiz va keyingi qadamlarni belgilaymiz.