Nega FAZO
FAZO haqida.
Biz Toshkentda ishlaymiz va bizneslarga marketingni sotuvga ulashda yordam beramiz.
Nimadan boshlangan
FAZO oddiy SMM bilan boshlangan. Vaqt o‘tib bir narsa aniq bo‘ldi: chiroyli kontent ham, arzon lid ham o‘z-o‘zidan pul keltirmaydi. Mijozning savoli har doim bitta edi — «sotuv qani?»
Nima o‘zgardi
Shundan keyin ish chegarasini kengaytirdik: reklamadan keyin sotuvga, CRM va tahlilga ham e’tibor qaratdik. Bugun biz kontent ishlab chiqaruvchi emas, mijozning o‘sish tizimiga javob beradigan jamoamiz.
Qanday ishlaymiz
Har bir loyihada vazifalarni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar bajaradi: strategiya, reklama, ssenariy, matn, dizayn va videotasvirga olish uchun alohida mutaxassislar jalb qilinadi. Ish haftalik ritmda boradi: reja, ijro, raqamlar, tuzatish. Hisobot layk emas, lid va sotuv tilida yoziladi.
Raqamlarda
- Muvaffaqiyatli kampaniya
- Mijoz
- Hamkor brend
NATIJAGA ISHLAYMIZ. SIZ O‘SASIZ.
Prinsiplar
Raqamdan boshlaymiz
Tavsiya berishdan oldin akkauntdagi haqiqiy natijani tekshiramiz. Umumiy qoidalar emas — sizning CPA va sotuv raqamlaringiz.
Va’da bermaymiz
Kafolatlangan daromad haqida gapirmaymiz. Nimani nazorat qila olsak, shuni aytamiz: jarayon, sifat va tezlik.
Yomon xabarni ham aytamiz
Agar muammo reklamada emas, mahsulot yoki sotuvda bo‘lsa, buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytamiz.
Bitta javobgar
Bo‘laklarga bo‘lingan ijro o‘rniga bitta jamoa va bitta natija.
Jamoa
Strateg, reklama mutaxassisi, ssenarist, kopirayter, dizayner, videograf, montajchi, kontent-menejer va sotuv bo‘yicha maslahatchi — har biri o‘z yo‘nalishida ishlaydi. Tarkib loyiha vazifalariga qarab shakllanadi. Ish ko‘lami va hamkorlik byudjeti oshgani sari loyihaga jalb qilinadigan mutaxassislar soni ham ko‘payadi.
Biznesingizni birga tahlil qilamiz.
Marketing va sotuv tizimingizni ko‘rib chiqamiz, o‘sishga to‘sqinlik qilayotgan nuqtalarni aniqlaymiz va keyingi qadamlarni belgilaymiz.
FAZO