Ishlab chiqarish bizneslari uchun

Mahsulot ishlab chiqarasiz.Biz unga mijoz olib keladigan marketing tizimini quramiz.

FAZO Digital ishlab chiqarish bizneslari uchun strategiya, kontent, reklama, landing, CRM va sotuv jarayonlarini yagona tizimga bog‘laydi.

  1. Strategiya
  2. Reklama
  3. Lead
  4. CRM
  5. Sotuv jarayoni

01Muammo

Sifatli mahsulotning o‘zi yetarli emas.

Sex ishlayapti. Mahsulot tayyor. Jamoa bor. Lekin yangi buyurtmalar tizimli kelmasa, ishlab chiqarish imkoniyatidan to‘liq foydalanish qiyinlashadi.

  • 01

    Reklama bor, lekin tizim yo‘q

    Kampaniyalar ishlaydi, ammo qaysi reklama real mijoz olib kelayotgani aniq kuzatilmaydi.

  • 02

    Kontent bor, lekin sotuvga bog‘lanmagan

    Instagram yuritiladi, lekin kontentdan lead va keyingi sotuv jarayonigacha aniq yo‘l qurilmagan.

  • 03

    Lead keladi, keyin yo‘qoladi

    Murojaat tushadi, lekin follow-up va nazorat bo‘lmagani sabab ayrim potensial mijozlar yo‘qoladi.

  • 04

    Optom va chakana aralashib ketgan

    1 dona mahsulot oladigan xaridor bilan katta hajmda xarid qiladigan mijozga bir xil offer ishlatiladi.

  • 05

    Mijoz manbasi noma’lum

    Qaysi kanal, kreativ yoki offer yaxshi ishlayotganini ko‘rsatadigan analitika yetarli emas.

  • 06

    Marketing bo‘laklarga bo‘lingan

    SMM boshqa tomonda, target boshqa tomonda, sotuv bo‘limi esa alohida ishlaydi.

Muammo faqat reklamada bo‘lmasligi mumkin. Muammo butun jarayon bir-biriga ulanmaganida bo‘lishi mumkin.

02Diagnostika

Reklamadan oldin biznesni tushunamiz.

Mahsulot, narx, auditoriya, hudud, ishlab chiqarish imkoniyati va hozirgi sotuv jarayonini ko‘rib chiqamiz. Shundan keyin qaysi marketing modeli biznesingizga mosligini aniqlaymiz.

Diagnostikadan keyin

  • Biznesingizning hozirgi holati birga ko‘rib chiqiladi
  • Sizga mos marketing yo‘nalishi muhokama qilinadi
  • Keyingi qadamlar kelishib olinadi
  1. 01

    Mahsulot va taklif

    Assortiment, narx va xaridorga beriladigan taklif

  2. 02

    Bozor va auditoriya

    Kim sotib oladi, qayerda va qanday hajmda

  3. 03

    Hozirgi marketing

    Reklama, kontent va murojaat manbalari

  4. 04

    Sotuv jarayoni

    Lead qanday qabul qilinadi va kim bilan ishlaydi

03Chakana / Optom

Bitta mahsulot. Ikki xil sotuv yo‘li.

Chakana xaridor va katta hajmda xarid qiluvchi mijoz bir xil qaror qabul qilmaydi. Shuning uchun ularga bir xil reklama ko‘rsatish shart emas.

Chakana / B2CYo‘l 01

Oxirgi xaridorga sotish

Mahsulotni bevosita iste’molchiga sotish uchun alohida offer, kreativ va reklama voronkasi quriladi.

Kimlar uchun

  • Uy uchun xarid qiluvchilar
  • Individual buyurtmachilar
  • Retail xaridorlar

Voronka

  1. Kreativ
  2. Reklama
  3. Landing / Direct
  4. Lead
  5. Menejer
Optom / B2BYo‘l 02

Katta hajmdagi mijozlarni jalb qilish

Optom va korporativ mijozlar uchun alohida kommunikatsiya, offer va lead yig‘ish tizimi quriladi.

Segmentlar

  • Dilerlar
  • Resellerlar
  • Do‘konlar
  • Mehmonxonalar
  • Hostellar
  • Tashkilotlar
  • Korporativ xaridorlar
  • Boshqa bizneslar

Voronka

  1. B2B offer
  2. Reklama
  3. Landing
  4. Ariza
  5. CRM
  6. Sotuv menejeri

1 dona krovat oladigan xaridor bilan 50 dona oladigan biznes egasiga bir xil reklama ishlamasligi kerak.

04Marketing tizimi

Reklamadan sotuv jarayonigacha — bitta tizim.

Bizning vazifamiz faqat reklama yoqish emas. Potensial mijoz reklamangizni ko‘rganidan boshlab sotuv jamoasiga yetib borgunigacha bo‘lgan yo‘lni bir tizimga bog‘lash.

  1. Talab yaratish

    01

    Strategiya

    Bozor, auditoriya, maqsad

  2. 02

    Offer

    Nima uchun aynan sizdan

  3. 03

    Kontent

    Kreativ, syomka, dizayn

  4. 04

    Target reklama

    Kerakli auditoriyaga chiqish

  5. Murojaat

    05

    Landing / Direct

    Murojaat qabul qilinadigan joy

  6. 06

    Lead

    Qiziqqan potensial mijoz

  7. Sotuv jarayoni

    07

    CRM

    Har bir murojaat nazoratda

  8. 08

    Menejer

    Tezkor aloqa va taklif

  9. 09

    Follow-up

    Qaror qabul qilguncha aloqa

  10. Nazorat

    10

    Natija va analitika

    Qaysi kanal ishlayotgani ko‘rinadi

Lead olib kelishning o‘zi yetarli emas.

Uni yo‘qotmaslik ham kerak.

05Nimalarni quramiz

Biznesingiz uchun kerakli qismlarni bitta tizimga yig‘amiz.

Qaysi qismlar kerakligi biznesning hozirgi holatiga qarab aniqlanadi.

  1. 01

    Marketing strategiyasi

    Pozitsioning, auditoriya, raqobatchilar, offer va reklama strategiyasi.

  2. 02

    Kontent

    Kreativ konseptlar, syomka, Reels, dizayn, copywriting va reklama materiallari.

  3. 03

    Target reklama

    Segmentatsiya, kampaniyalar, retargeting va reklama optimizatsiyasi.

  4. 04

    Landing

    Kerak bo‘lsa mahsulot, optom yo‘nalish yoki alohida offer uchun landing page.

  5. 05

    CRM

    Leadlar, statuslar, follow-up va menejerlar ishini nazorat qilish tizimi.

  6. 06

    Sotuv jarayoni

    Kerak bo‘lsa sotuv skriptlari, KPI, menejerlar jarayoni va lead bilan ishlash tizimini shakllantirish.

06Real tajriba

Mebel yo‘nalishidagi real tajriba.

Nazariya emas — real reklama va sotuv jarayonidan olingan natija.

Mebel ishlab chiqarish · Anonim loyiha

Davr: 15–28 avgust 2026

reklama xarajati
$902
mijoz
190
sotilgan mahsulot
404 dona
  1. 01Vazifa

    Mebel mahsulotlariga yangi mijozlar oqimini yaratish va reklama orqali kelayotgan talabni sotuv jarayoniga bog‘lash.

  2. 02Yondashuv

    Mahsulot offerlari, reklama kreativlari, auditoriyalar va lead bilan ishlash jarayoni ustida ishladik.

  3. 03Natija

    Ko‘rsatilgan davr ichida reklama orqali kelgan mijozlar hisobiga 404 dona mahsulot sotildi.

Bu natija aynan ushbu loyiha va ko‘rsatilgan davrga tegishli. Natijalar mahsulot, narx, bozor, reklama budjeti va sotuv jarayoniga qarab farq qiladi.

07Kimlar uchun

Qaysi ishlab chiqarish bizneslari bilan ishlashimiz mumkin?

  • 01Real tajriba bor

    Mebel

  • 02

    Oshxona mebeli

  • 03

    Matras

  • 04

    Eshik va rom

  • 05

    Tekstil

  • 06

    Metall mahsulotlar

  • 07

    Qurilish materiallari

  • 08

    Uy uchun mahsulotlar

  • 09

    Boshqa ishlab chiqarish yo‘nalishlari

Yo‘nalishingiz ro‘yxatda yo‘qmi? Agar mahsulot ishlab chiqarsangiz, loyihangizni alohida ko‘rib chiqamiz.

Yo‘nalishimni muhokama qilish

08Hozirgi holat

Hozir biznesingiz qaysi bosqichda?

  1. 01

    Ishlab chiqarish bor. Marketing tizimi yo‘q.

    Noldan mijoz jalb qilish tizimini shakllantiramiz.

  2. 02

    Reklama bor. Natija qoniqtirmaydi.

    Amaldagi marketing, offer, kreativ va lead jarayonini tahlil qilib, zaif nuqtalarni aniqlaymiz.

  3. 03

    Leadlar keladi. Sotuv jarayoni sust.

    CRM, follow-up va menejerlar bilan ishlash jarayonini tartibga solishga yordam beramiz.

09Jarayon

Qanday ishlaymiz?

  1. 01

    Ariza

    Biznesingiz haqida asosiy ma’lumotlarni olamiz.

  2. 02

    Diagnostika

    Mahsulot, bozor, marketing va sotuv jarayonini ko‘rib chiqamiz.

  3. 03

    Strategiya

    Auditoriya, offer va mijoz jalb qilish modelini belgilaymiz.

  4. 04

    Tizimni qurish

    Kerakli kontent, reklama, landing, CRM va boshqa qismlar tayyorlanadi.

  5. 05

    Ishga tushirish

    Kampaniyalar ishga tushadi va lead oqimi kuzatiladi.

  6. 06

    Optimallashtirish

    Natijalarga qarab kreativlar, reklama va jarayonlar yaxshilanadi.

10Kimlar bilan ishlaymiz

Har bir loyiha bilan ishlamaymiz.

Marketing yaxshi ishlashi uchun biznesning o‘zi ham yangi mijozlarni qabul qilishga tayyor bo‘lishi kerak.

Mos loyiha belgilari

  • Ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan
  • Mahsulot sotuvga tayyor
  • Yangi buyurtmalarni bajarish imkoniyati mavjud
  • Marketing uchun budjet ajratishga tayyor
  • Tizimli ishlash istagi mavjud

Agar biznesingiz shu bosqichda bo‘lsa, loyihani birga ko‘rib chiqishimiz mumkin.

Loyihani muhokama qilish

11Savollar

Ko‘p beriladigan savollar.

  • Bizning asosiy yondashuvimiz faqat reklama kabinetini boshqarish emas. Reklama natijasi offer, kreativ, landing va sotuv jarayoniga ham bog‘liq bo‘lgani uchun loyihaga tizim sifatida qaraymiz.

12Loyihani muhokama qilish

Ishlab chiqarish bor.Endi mijoz oqimini tizimlashtirish kerak.

Biznesingiz haqida qisqacha ma’lumot qoldiring. FAZO Digital jamoasi loyihangizni ko‘rib chiqib, qaysi marketing modeli mos kelishini muhokama qiladi.

Loyihani muhokama qilish
  • Ariza 1–2 daqiqa oladi
  • Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi

● Ariza · 1–2 daqiqa

Biznesingiz haqida qisqacha ma’lumot

+998
Asosiy sotuv yo‘nalishingiz
Oylik reklama budjetingiz
Reklama uchun ajratiladigan budjet. Bu FAZO Digital xizmati narxi emas. Aniq bilmasangiz — “Budjet bo‘yicha tavsiya kerak”ni tanlang.

Yuborish orqali ma’lumotlaringiz maxfiylik siyosati asosida qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.